O‘zA O`zbek

07.07.2018 12:05 Chop etish versiyasi

“Bilimdon erkatoylar” – aholi xizmatida

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Paxtaobod mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 75 o‘rinli “Bilimdon erkatoylar” nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi.

28-1-1.jpgTadbirkor Lobar Suyarova tomonidan ochilgan bog‘cha qishloq aholisiga katta qulaylik yaratdi. Maskanda bolajonlarning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ayni paytda bog‘chada 20 nafar bolajonga 5 nafar pedagog va tarbiyachilar ta’lim-tarbiya bermoqda. 

– Prezidentimiz tashabbuslari bilan bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi tadbirkor L.Suyarova. – O‘zim 30 yil o‘qituvchilik qildim. Tajribamdan kelib chiqib ayta olamanki, bog‘cha bolalarning boshlang‘ich ta’limni tez va oson o‘zlashtirishida muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun mazkur yo‘nalishda Prezidentimizning qarorlari chiqqan kunning ertasigayoq qishlog‘imiz chetidagi choyxona sifatida qurilgan, ammo, ancha yillardan buyon ishlamay yotgan binoni “0” qiymatda berishlarini va u yerda o‘z mablag‘im hisobidan bolalar bog‘chasini ochish tashabbusi bilan chiqdim. Mutasaddilar tashabbusimni qo‘llab-quvvatladi. Qurilish ta’mirlash ishlarini boshlab yubordik. Kerakli jihozlarni keltirib o‘rnatdik. Atrofini obodonlashtirdik. Qisqa fursatda bog‘chamiz tayyor bo‘ldi. 

Albatta, ezgu maqsadlarni ko‘zlab kelajagimiz egalarining ta’lim tarbiyasiga qaratib kiritilgan sarmoya bir kun kelib o‘z samarasini beradi.

O‘.Barotov, O‘zA
3 682