O‘zA O`zbek

17.08.2018 17:54 Chop etish versiyasi

Betakror mahorat va san’at ko‘rgazmasi

Betakror mahorat va san’at ko‘rgazmasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zalida Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan “Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida ko‘rgazma ochildi.

Unda tasviriy san’at ustalarining ijodiy ishlari bilan birga yosh rassomlar ham o‘z asarlari bilan qatnashmoqda.

So‘nggi yillarda haykaltaroshlik keng ommalashgan san’at turiga aylandi. Ayniqsa, yurtimiz shaharsozligida tarix va madaniyat arboblari galereyasi tashkil topdi. Dastgohli haykaltaroshlik ham o‘ziga xos rivojlanish yo‘lidan bormoqda. Ko‘rgazmada san’at ixlosmandlari o‘ziga xos uslubdagi dekorativ plastik asarlarni ham ko‘rishi mumkin. Mazkur kompozitsiyalar kelgusida yurtimizdagi istirohat bog‘larini bezatishga xizmat qiladi.

17.jpg

Bugungi kunda kulolchilikning Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Toshkent maktablari mavjud. Badiiy bezash usullari, ranglari va shakli bilan bir-birini takrorlamaydigan mazkur maktablarda qadimiy an’analar zamonaviy usullar monandligida davom etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida Rishton kulollari sulolasi vakili Alisher Nazirovning ishlari namoyish etilmoqda.

Mahoratli usta qadimiy uslublarga tayanib, yangi ijodiy yondashuvlar bilan betakror bezak va shakllar asosida loydan go‘zal san’at asarlarini yaratgan.

Ko‘rgazma 2 sentyabrga qadar davom etadi.

Barno Meliqulova, Farhod Abdurasulov (surat) O‘zA
1 802