Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.02.2017 17:33 Chop etish versiyasi

Bemor bolalar Germaniyada sog‘lomlashtiriladi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi tashabbusi bilan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning sakkiz nafar bemor farzandi Germaniyaga davolanish uchun jo‘natildi.

Fond O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniyaning “Friedensdorf International” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda 2002-yildan buyon ana shunday tibbiy-ijtimoiy loyihani amalga oshirib kelmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida ushbu loyiha doirasida uch yuzdan ko‘proq tug‘ma va orttirilgan xastaliklar bilan kasallangan bemor bola xorijdagi zamonaviy klinikalarda sog‘lomlashtirildi. Poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida to‘rt yuz nafarga yaqin bemor bolaga zamonaviy andozalar asosida tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida fondning tibbiy-ijtimoiy loyihalari ko‘lami yanada kengaymoqda. Fondning joylardagi patronaj brigadalari mutaxassislari shifokorlar bilan hamkorlikda oilalarning tibbiy-ijtimoiy holatini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bemor bolalarni sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

– Qizim Sevinchning oyog‘i uch yil avval baxtsiz hodisa tufayli shikastlangan edi, – deydi navoiylik Elmurod Ashurov. – Viloyatimizdagi tibbiyot muassasalarida unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Biroq farzandim tuzalishi uchun muolajalarni davom ettirish, zamonaviy usullarda operatsiya o‘tkazilishi kerak. “Sog‘lom avlod uchun” fondi mutaxassislari bu borada oilamizga yordam berganidan minnatdormiz.

Bahor Xidirova, O‘zA
706






Все о погоде - Pogoda.uz