O‘zA O`zbek

12.11.2019 Chop etish versiyasi

Belarus parlamenti saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Belarus parlamenti saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Mamlakatda 5,6 mingga yaqin saylov uchastkasi tashkil etilgan. 

Bugun, Belarus Milliy Majlisining Vakillar palatasi (quyi palatasi) saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi. 

“Muddatidan oldin ovoz berish 12-16 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi, saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 10 dan 14 gacha va 16 dan 19 gacha ovoz berish uchun ochiq bo‘ladi“, deyilgan Markaziy Saylov komissiyasi axborotida. 

Qayd etilishicha, Vakillar palatasi deputatlari saylovida 5 ming 831 ta saylov uchastkalari tashkil etilgan. Belarus qonunchiligiga muvofiq, saylov kunida o‘z yashash joyida bo‘la olmaydigan saylovchi muddatidan oldin ovoz berishda qatnashishi mumkin. Bu holda, saylovchining saylov kuni saylov uchastkasiga kela olmaslik sabablarini rasmiy tasdiqlash talab qilinmaydi, deya tushuntirish bergan MSK. 

Ma’lumot o‘rnida, Milliy Majlis Vakillar palatasi deputatlari saylovi 17 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Belarus parlamentining quyi palatasidagi 110 o‘rin uchun 520 ga yaqin nomzod kurash olib boradi. Mamlakatda 6,8 million atrofida saylovchilar bor, ulardan 3,6 mingdan ziyodi xorijda. 1 mingga yaqin xalqaro kuzatuvchi saylovlarni kuzatishda ishtirok etadi. Shuningdek, respublikada 28 mingga yaqin milliy kuzatuvchilar ro‘yxatga olingan. 

1 243
Malohat HUSANOVA, O‘zA