Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.12.2017 21:26 Chop etish versiyasi

Bayramga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishi ijrosiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri o‘rinbosari A.Ikromov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari I.Mirzaaliyev va boshqalar davlatimiz rahbari farmoyishi bilan tasdiqlangan dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish tartibi haqida so‘z yuritdi, ushbu masala yuzasidan mas’ul shaxslarga tegishli topshiriqlar berildi.

Vatan himoyachilari kuni an’anaviy tarzda yuksak saviyada nishonlanishi muhimligi alohida ta’kidlandi.

Ablay Kamolov, O‘zA
4 992