Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.09.2018 11:00 Chop etish versiyasi

Bayramga munosib tuhfa

Bayramga munosib tuhfa

Andijon shahridagi Shifokorlar mahallasida yangi barpo etilgan 7 qavatli har biri 42 xonadondan iborat 4 yangi uy foydalanishga topshirildi.

photo5215175588791298630.jpg

Ana shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda mamlakatimizda eskirgan uy-joylarda yashayotgan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj aholi vakillarini arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan taʼminlash, ularning turmush darajasini yanada yaxshilash borasida keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligi taʼkidlandi.

photo5215175588791298632.jpg

Qurilish ishlari Andijon shahridagi “Xoqon avto invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan amalga oshirildi.

photo5215175588791298634.jpg

Istiqlol bayrami arafasida bitkazilib, foydalanishga topshirilgan ushbu koʻp qavatli zamonaviy uylar sohiblari uchun haqiqiy bayram tuhfasi boʻldi.

– Yangi uy oilamiz uchun haqiqiy bayram tuhfasi boʻldi, – deydi yangi uy sohibasi N.Hoshimova. – Bir necha yildan buyon harakat qilsak-da, yangi uy sotib olishga imkon topolmayotgan edik. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan koʻp qavatli arzon uylar barpo etilayotganligi muammomizni hal etishga yordam berdi. Bayram arafasida ana shunday uylarning biridan kredit evaziga, barcha qulayliklarga ega 2 xonali kvartira olishga muyassar boʻldik. Biz kabi koʻplab oilalarning uy-joyli boʻlishi uchun imkon yaratib bergan Prezidentimizdan minnatdormiz.

Darhaqiqat, ikki va uch xonali xonadonlardan iborat ushbu uylarda barcha qulayliklar yaratilgan, har bir uy alohida isitish tizimiga ega. Uylar oldida bolalar uchun jihozlangan oʻyin maydonchalari, savdo doʻkoni, goʻzallik saloni va avtoturargoh barpo etilgan. Mamlakatimizda aholi uchun yaratib berilayotgan bu kabi keng imkoniyatlar, inson manfaatlarining ulugʻlanishiga qaratilgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikning yorqin namunasidir.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov soʻzga chiqdi.

F.Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), OʻzA
1 664