O‘zA O`zbek

16.08.2018 13:59 Chop etish versiyasi

Bayramda imkoniyatlardan foydalaning

Bayramda imkoniyatlardan foydalaning
“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi yurtimiz mustaqilligining 27-yilligini nishonlash munosabati bilan joriy yilning 31-avgustidan 4-sentabrigacha respublikamiz aholisi va xorijlik sayyohlar uchun barcha ichki yo‘nalishdagi qatnovlarga bayram chegirmalarini taqdim etadi:

MAK axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, individual yo‘lovchilar uchun - 30%

Sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), litsey va Oliy o‘quv yurtlari, kollejlar talabalari, maktab o‘quvchilari,O‘zR IIV, TV, DXX, DSQ, DBQ tizimlaridagi maxsus ta’lim muassasalari va boshqa idoralarning tinglovchi va o‘quvchilari uchun - 40%

Oila uchun (2 yoki undan ko‘p odam, shuningdek, er va xotin; er, xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari; 18 yoshgacha bo‘lgan farzandini kuzatib boradigan ota-onalar) - 50%

Nafaqaxo‘rlar va nogironlar uchun - 50%

1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi davridagi fidokorona mehnati va harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar uchun - 50%

Chernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etgan fuqarolarimiz uchun - 50%

Chegirmalar joriy yilning 31-avgust, 1- 2- 3- 4-sentabr kunlari barcha mahalliy qatnovlarda amal qiladi.


O'zA
1 704