O‘zA O`zbek

19.09.2018 Chop etish versiyasi

Bank xodimining jinoyati fosh boʻldi

Departamentning Yashnobod tumani boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro S.A.ning murojaatiga asosan “Davr bank” amaliyot boshqarmasi binosi oldida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur bankning 1-toifali mutaxassisi D.T. fuqaro Z.A. bilan oʻzaro oldindan til biriktirib noqonuniy chet el valyutasi oldi-sotdisi faoliyatini amalga oshirayotganida qoʻlga olindi.

Bosh prokuratura axborot xizmatining xabariga koʻra, jinoyatchi “yama” sifatida foydalanib kelgan xonadondan 12 ming AQSH dollarini bank oldiga olib kelib, har bir AQSH dollarini 7 ming 990 soʻmdan hisoblab, fuqaro S.A.ga 95,8 million soʻmga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtda ushlangan. 12 ming AQSH dollari ashyoviy dalillar sifatida olib qoʻyilgan.

Mazkur holat yuzasidan D.T va Z.A.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

1 700
Gulnoza Boboyeva, OʻzA