O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

Bank uch oy sarson qilgan mijozga deputat ko‘maklashdi

Bank uch oy sarson qilgan mijozga deputat ko‘maklashdi

Xovos tumanida istiqomat qiluvchi Xurshida Usmonova anchadan buyon oilaviy tadbirkorlikni boshlash istagida yurgan edi. Shu maqsadda Ipoteka banki tarafidan mijozlarga 8 foizli imtiyozli kredit berilayotganligini eshitgan fuqaro joriy yil boshida ushbu bankning Sirdaryo viloyat filialiga murojaat etadi. Tegishli barcha hujjatlarni taxt qilganiga qaramasdan bank mas’ullari har hil bahonalarni ro‘kach qilib, mijozini uch oy sarson-sargardon qiladi. 

Toqati toq bo‘lgan fuqaro X. Usmonova deputat ko‘magiga tayanishni lozim ko‘radi. O‘zbekiston “Adolat” SDPdan Xalq deputatlari Xovos tuman Kengashi deputati G‘oyibnazar Rayimnazarov X. Usmonovaning murojaatini tegishli o‘rganib chiqib, bank mutasaddilariga deputatlik so‘rovi yuboradi. Buni qarangki, deputatlik so‘rovi Ipoteka banki Sirdaryo viloyat filialini bir zumda harakatga keltirib qo‘ydi. O‘n kun ichida fuqaro X. Usmonovaga imtiyozli asosda tadbirkorlik qilishi uchun kredit mablag‘i ajratib berildi.

Mehriniso BOBONAZAROVA
O‘zbekiston “Adolat” SDP
Sirdaryo viloyat Kengashi
matbuot kotibi

433
O‘zA