O‘zA O`zbek

20.08.2019 Chop etish versiyasi

Bank rahbariyati tadbirkorlarning muammo va takliflarini tingladi

Bank rahbariyati tadbirkorlarning muammo va takliflarini tingladi

“Asaka” bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialida mijozlar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda “Asaka” Bank ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari Sa’dulla Talibdjanov tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

photo5395743186510523333.jpg

Qabul davomida mijozlar tomonidan respublikada o‘tkazilayotgan ko‘rik-tanlov va tenderlar shaffofligini ta’minlash, qurilish hujjatlarini rasmiylashtirish mexanizmini soddalashtirish, ABR liniyasidan olingan kredit mablag‘ini jamg‘arma tomonidan kompensatsiya qilib berish, muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjudligi tufayli uy-joy qurilishi uchun kreditning keyingi qismini chiqarib berish, aylanma mablag‘i uchun tijorat kreditini olish va boshqa masalalarda jami 13 mijozning murojaati qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning ko‘pchiligi shu yerning o‘zida yechimini topdi, qolganlari mutaxassislar tomonidan nazoratga olindi.

photo5395834355781315605.jpg

– Bunday sayyor qabullarning o‘tkazilishi bizlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Amudaryo tumanidagi “Mang‘it Invest plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati raisi Jalg‘as Boymuratov. – 2017 yili “Asaka” bankdan 477 ming AQSh dollari miqdorida kredit olib, issiqxona tashkil etdik. Natijada 19 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yetishtirilgan pomidor va bodring mahsulotlari ichki bozorimizdan tashqari, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlariga eksport qilinmoqda. Sayyor qabulga olingan kredit mablag‘i foiz stavkasining 50 foizini “Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan qoplab berish bo‘yicha murojaat qildim. Murojaatim mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib, tegishli javob beriladigan bo‘ldi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.

1 704
Dovud ABIBULLAEV, O‘zA