O‘zA O`zbek

20.09.2018 Chop etish versiyasi

Bank-moliya akademiyasi xayrli ishga qoʻl urdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi Toshkent shahridagi 101-sonli maxsus maktab-internatida xayriya tadbiri oʻtkazdi.

Tadbirda tashkilotchilar maktab-internat tarbiyalanuvchilariga sovgʻalar ulashdi. Tarbiyalanuvchilar oʻzlari yodlagan sheʼrlaridan aytib berdi. Taʼlim muassasasi xodimlari ezgu niyat bilan tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorlik bildirdi.

Kuy-qoʻshiqlar, koʻngilochar tomoshalar barchada katta taassurot qoldirdi.

1 744
Davron Sunnatov, OʻzA