O‘zA O`zbek

13.08.2018 18:32 Chop etish versiyasi

Baholovchilarga toifalar berish tartibi tasdiqlandi

Baholovchilarga toifalar berish tartibi tasdiqlandi
Toifa berish Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Baholovchilarga toifalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, toifa berish Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi esa komissiyaning ishchi organi vazifasini bajaradi.

Baholovchi tegishli toifani olish uchun Markazga ariza bilan murojaat qiladi.

Komissiya yig‘ilishlarining o‘tkazilish jarayonlari uzluksiz ravishda videoyozuvga tushiriladi.

Baholovchi taqdim etgan hujjatlar toifa uchun belgilangan talablarga javob bermasa, ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi aniqlansa, komissiya tomonidan baholovchiga toifa berish rad etiladi.

Eslatib o‘tamiz, qonunchilikka muvofiq baholovchilarga quyidagi toifalar beriladi:

sertifikatlangan baholovchi;

ikkinchi toifali baholovchi;

birinchi toifali baholovchi;

oliy toifali baholovchi.

O‘zA
2 026