O‘zA O`zbek

22.10.2019 Chop etish versiyasi

Bahodirlar oʻyinlari va Tosh koʻtarish: Yosh bahodirlar – Oʻzbekiston rekordchilari

Bahodirlar oʻyinlari va Tosh koʻtarish: Yosh bahodirlar – Oʻzbekiston rekordchilari

Samarqand shahrining qadimiy Registon maydoni Bahodirlar oʻyinlari va Tosh koʻtarish boʻyicha Oʻzbekiston kubogi oʻyinlariga mezbonlik qildi.

Yoshlar va kattalar, faxriylar va imkoniyati cheklangan sportchilar, jami 150 nafar ishtirokchi qatnashgan mazkur musobaqada quyidagilar gʻolib deb topildi:

Yoshlar
Qizlar:
Gulinur Qodirqulova 50 kg
Elnora Qodirqulova 60 kg
Nazira Habibullayeva +60 kg


Yigitlar:
Bunyod Narziqulov 45 kg
Orzubek Saidnazarov 55 kg
Samandar Narziqulov 65 kg
Ismat Ahmedov 70 kg
Javohir Qurbonov 90 kg
Islombek Hakimjonov +90 kg

Kattalar
Maʼrufjon Hakimjonov +70 kg
Gulmira Ergasheva 60 kg
Yodgoroy Najimova 70 kg
Nigoraxon Oʻzganova +70 kg

Faxriylar
Fazliddin Rahimov 65 kg
Feruz Olimov 90 kg
Fatxiddin Najmiddinov +90 kg

Imkoniyati cheklangan sportchilar
Javohir Rustamov 60 kg
Shohruh Saidov 70 kg
Gulchehra Ibrohimova +70 kg

Musobaqaning Bahodirlar oʻyinlari boʻyicha rekordchilari ham aniqlandi. “MAN” yuk mashinasini 15 metrga torta olgan Nuriddin Ergashev Oʻzbekistonning mutlaq rekordchisi deb topildi. Xuddi shunday Ibrohimjon Nazarov ham loyiq topildi.

Shuningdek, tosh koʻtarish boʻyicha ayollar oʻrtasida Gulmira Rahmonova, Muhtaram Aliyeva, Nigora Oʻzganova, erkaklar oʻrtasida esa Sardor Ergashev, Javohir Qurbonov va Bahodir Yoʻlchiyev ham Oʻzbekiston rekordlarini yangiladi.

612
Oybek YUNUSOV, OʻzA