O‘zA O`zbek

28.08.2018 13:47 Chop etish versiyasi

Bagʻdodliklar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Bagʻdodliklar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

2.JPG

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tibbiy koʻrikka 1000 ga yaqin aholi, jumladan, keksalar, onalar, bolalar, oʻsmirlar qamrab olindi. Malakali terapevt, kardiolog, oftalmolog, stomatolog, nevropatolog kabi shifokorlar guruhi zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida tashxis ishlarini sifatli bajarib, kasalligi aniqlangan bemorlarga zarur maslahatlar berdi. Tegishli tashxis asosida 161 nafar fuqaro ambulator va 26 nafar kishi statsionar sharoitda davolanishga tavsiya etildi.

3.JPG

Tibbiy koʻrik doirasida sogʻlom turmush tarzi asoslari, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish hamda kasalliklar profilaktikasi yuzasidan targʻibot tadbiri tashkil etildi.

4.JPG

7.JPG

M. Qodirov (surat), OʻzA
1 333