O‘zA O`zbek

30.08.2018 18:31 Chop etish versiyasi

Bagʻdodda xalq sayli

Bagʻdodda xalq sayli
Fargʻona viloyatining Bagʻdod tumani istirohat bogʻida “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bagʻishlangan xalq sayli boʻlib oʻtdi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 200 dan ortiq korxona va tashkilot 867 boʻsh ish oʻrni bilan ishtirok etdi. Yarmarkada Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Bagʻdod tuman kengashi tomonidan karvin sanʼati boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi. Shuningdek, ishtirokchilar “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining mazmun-mohiyati va ahamiyati, kredit olish tartibi, Ittifoqning ertamiz egalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan loyihalaribilan tanishdi.

Tuman bandlik va mehnat munosabatlari boʻlimining jamoat ishlarini tashkil etish punkti tomonidan 70 dan ziyod xotin-qizga ishga yoʻllanma berildi. Ularning 35 nafari taʼlim maskanlariga ishga joylashdi.

Shu kuni tuman markaziy stadionida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning harbiy xizmatga qiziqishi va intilishini kuchaytirish, Qurolli Kuchlarimiz qudratini namoyon etishga qaratilgan tadbir boʻlib oʻtdi. Iqtidorli yosh sportchilaroʻz mahoratini namoyish etdi. Vatan, tinchlik va yoshlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi.

10.JPG

11.JPG


Muqimjon Qodirov (surat) OʻzA
1 811