O‘zA O`zbek

19.02.2018 16:38 Chop etish versiyasi

Ayozqal’a o‘tmishga sayohatga chorlaydi

Ayozqal’a o‘tmishga sayohatga chorlaydi Siz 2000 yoki 1000 yil avvalgi davrlarga tushib qolishni istaysizmi? Balki, vaqt mashinasi to‘g‘risida orzu qilarsiz? Ushbu orzularingiz ushalishini xohlasangiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani hududida joylashgan qadimiy va o‘rta asrlar yodgorligi – Ayozqal’a qo‘rg‘oniga tashrif buyurishni maslahat beramiz.

2.jpg

Ayozqal’a – uch yodgorlikdan iborat (Ayozqal’a 1,2,3). Tabiiy tepalik ustida joylashgan Ayozqal’a-1 qo‘rg‘oni miloddan avvalgi IV-III asrlarda qurilgan.

1.jpg

Ayozqal’a-2 qo‘rg‘oni VII asrning ikkinchi yarmi – VIII asr boshlariga tegishli bo‘lib, XIII asrda uning bir qismidan turar joy sifatida foydalanilgan. Hozir bu joyda «Ayozqal’a» turistik kempingi faoliyat ko‘rsatmoqda.

4.jpg

Ayozqal’ada barpo etilgan o‘tovlarlarda dam olgan, barxan qumlar orasida tuyada sayr qilgan sayyoh o‘zini go‘yo o‘rta asrlarga tushib qolgandek his qiladi.

12.jpg

Markaziy Osiyoning buyuk ikki daryosi oralig‘ida joylashgan Qoraqalpog‘iston zaminida bunday qadimiy yodgorliklar minglab uchraydi.

Anvar Nasirlayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
9 847