Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 17:08 Chop etish versiyasi

Ayollar hamisha e’zozda

Chilonzor pedagogika kollejida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Chilonzor tumani hokimligi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman bo‘limlari, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda san’atkorlar, onaxonlar, faol ayollar, jurnalistlar va yoshlar ishtirok etdi.

Chilonzor tumani hokimining o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi N.Abdurahimova va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi mavqeini mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

– Bugungi tadbir chindan ham fayzli, maroqli va katta taassurotlarga boy bo‘ldi, – deydi tadbir ishtirokchisi Umida Turg‘unova. – Ayniqsa, davlatimiz tomonidan munis va go‘zal ayollarimizga berilayotgan e’tibor bizni juda quvontiradi. Tadbirga bizni taklif etib, sovg‘a-salomlar ulashgani, taniqli san’atkorlar va yosh ijrochilarning bir-biridan mazmunli chiqishlari, ijro etgan kuy-qo‘shiqlaridan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
411






Все о погоде - Pogoda.uz