Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2017 18:13 Chop etish versiyasi

Ayol – olam charog‘boni

Poytaxtimizdagi Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari hokimliklari tashabbusi bilan tashkil etilgan «Ayol borki, olam munavvar» deb nomlangan tadbirga faol ayollar, ko‘pni ko‘rgan onaxonlar, iqtidorli qizlar taklif etildi.

Yunusobod tumani hokimi M.Mirqosimov, Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi Sh.Qudbiyev va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarning oiladagi, jamiyatdagi va davlat qurilishidagi o‘rni va rolini oshirish, ularning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy manfaatlarini himoya qilish, tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2004-yil 25-maydagi «O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi xotin-qizlarning siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish, ularni ish bilan ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etishda muhim omil bo‘lmoqda.

Tadbirda mamlakatimizda oilaviy biznesni, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hayotimiz gultoji bo‘lgan opa-singillarimizning turmush farovonligini yuksaltirish, tashabbuskor va ishbilarmon ayollarning g‘oya va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Ko‘p yillardan buyon turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ayollarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
2 201






Все о погоде - Pogoda.uz