O‘zA O`zbek

08.09.2018 12:35 Chop etish versiyasi

Ayol inspektorlar bolalarni yoʻldan oʻtkazib qoʻymoqda

Ayol inspektorlar bolalarni yoʻldan oʻtkazib qoʻymoqda

Toshkent viloyati YHXB xodimlari bolalar ishtirokidagi yoʻl transport hodisalarining oldini olishga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Bu jarayonda viloyat YHXBning xotin-qizlar jamoasi ham faol ishtirokchidir. Ular muntazam ravishda taʼlim muassasalari, mahallalarda boʻlib yoshlar oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib boradi.

7d88372c-ef77-479a-b6a1-5363341bc439.jpg

Yaqinda viloyat hududida tashkil etilgan “Diqqat bolalar!” tadbirida ham boshqarma xotin-qizlar jamoasi faol ishtirok etdi. Ular erta tongdanoq koʻchalarga chiqib, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yoʻldan oʻtishiga koʻmaklashdi.

a60050b6-f3e4-450e-ae73-7c74891cdf6b.jpg

Maktabda dars boshlangandan soʻng esa oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalari boʻyicha dastlabki koʻnikmalarni berishdi.

OʻzA
1 328