Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.03.2017 17:09 Chop etish versiyasi

Ayol borki, olam munavvar!

Ayol borki, olam munavvar! O‘zbek Milliy akademik drama teatrida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir shunday nomlandi.

Shayxontohur tumani hokimligi, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda tumanning faol ayollari, faxriy onaxonlar, iqtidorli qizlar ishtirok etdi.

Shayxontohur tumani hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi S.Po‘latova, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma’sudov va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iqtidor va izlanishlarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning samarali mehnat qilishi, bilim va mahoratini oshirishi, iste’dod va ishbilarmonlik salohiyatini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

– Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu-barokat kiritadigan, xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar aslida mo‘tabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir, degan so‘zlarida ulkan ma’no mujassam, – deydi "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Manzura Valiyeva. – Mustaqillik yillari o‘zbek ayoli chinakkam qadr topdi, baxt topdi. Xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, ish bilan band bo‘lishi, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi munosib rag‘batlantirilmoqda.

Tadbirda ko‘p yillardan buyon turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan ayollarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so‘ngida «Iymon» spektakli namoyish etildi.

Shahnoza Mamaturopova, Temur Mamadaminov (surat), O‘zA
6 066






Все о погоде - Pogoda.uz