Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.05.2013 12:59 Chop etish versiyasi

Axborot xizmatlari va ommaviy axborot vositalari

Farg‘onada O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Jurnalistlarni qayta tayyorlash xalqaro markazi, Sloveniyaning “Regional Dialogue” tashkiloti hamkorligida davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish va ularning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jamiyatimizda axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi axborot sohasini bosqichma-bosqich isloh qilish, jamoat birlashmalarining davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar, avvalo, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq hujjatlari haqidagi axborotlardan keng xabardor bo‘lib borishini ta’minlashda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Ma’lumki, davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiq-oshkoraligini ta’minlash, aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda axborot xizmatlari muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda axborot xizmatlarining erkin va samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoit yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar bilim va malakasini oshirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Seminarda axborot xizmatlari uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, mazkur xizmatlarning ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.


O‘zA, M.Sulaymonov






Все о погоде - Pogoda.uz