O‘zA O`zbek

13.06.2019 09:45 Chop etish versiyasi

Avtotransportdan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimining bekor qilinganligi haqidagi xabar rad etildi

Avtotransportdan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimining bekor qilinganligi haqidagi xabar rad etildi

Ayrim saytlar va ijtimoiy tarmoqlarda avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimining bekor qilinganligi haqida xabarlar tarqatilayotgan edi. Qonunchilik muammolari instituti bunga munosabat bildirdi. 

“Mening fikrim” veb-portalida “Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish to‘g‘risida”gi № 1620-s-p/18-sonli elektron jamoaviy murojaat 2019 yil 2 yanvar kuni yetarli ovoz to‘pladi.

Murojaat Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqildi va “Mening fikrim” veb-portali orqali “Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish haqida”gi elektron jamoaviy murojaatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Mazkur qaror avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tartibini bekor qilish masalasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 48-bandi ijrosi doirasida ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.

Hozirda ushbu qaror ayrim saytlar (repost.uz va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa-kanallar (Kanallarning dodasi, Uzbekvideo, Exo Uzbekistana va boshqalar) tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinib, avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimi bekor qilinganligi haqida asossiz axborot tarqatilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, hozirda avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimi amalda ekanligi va bekor qilinmaganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

O‘zA
568