O‘zA O`zbek

28.08.2018 09:12 Chop etish versiyasi

Avtotransport oynalarini qoraytirish ishlarini kim amalga oshiradi?

Avtotransport oynalarini qoraytirish ishlarini kim amalga oshiradi?
Yengil avtotransport vositalari oynalarining tusini oʻzgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma berish, uni roʻyxatga olish va ruxsatnomaning amal qilinishini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Bu haqida adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Nizomga muvofiq, ruxsatnoma Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boʻlinmalari tomonidan beriladi.

Yengil avtotransport oynalarining tusini oʻzgartirish (qoraytirish) ishlari esa “Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmat koʻrsatish markazi” DUK tomonidan amalga oshiriladi.

Ruxsatnoma olish uchun zarur boʻladigan maʻlumotlar va hujjatlar namunasi Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Shuningdek, Nizom bilan ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatini berish tartiblari belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, ruxsatnoma 1 yil muddatga beriladi, egasi uni amal qilish muddati tugashidan oldin foydalanishdan voz kechgan taqdirda, toʻlovning qolgan qismi qaytarilmaydi.

OʻzA
2 089