O‘zA O`zbek

06.08.2018 19:14 Chop etish versiyasi

Avtosalondan penya undirildi...

Avtosalondan penya undirildi...
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 raqamli “Ishonch telefoni”ga Navoiy viloyati Navoiy shahar G‘alaba shoh ko‘chasida yashovchi fuqaro A.Muqimov “Navoiy avto motors” korxonasiga “Gentra” rusumli mashina uchun 100 foiz to‘lov qilganligi, ammo mashinani o‘z vaqtida ololmayotganidan norozilik bildirib amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Ushbu murojaat Karmana tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ko‘rib chiqilib, iste’molchiga amaliy yordam ko‘rsatilgani to‘g‘risida ma’lumot taqdim etilgan edi.

27.07.2018 yilda “Navoiy avto motors” korxonasining 01-15/678-sonli xati kelib tushdi. Unda ma’lum qilinishicha, shartnoma shartlarida ko‘rsatilgan har bir kechiktirilgan kun uchun hisoblangan 441918.42 so‘m miqdorida penya iste’molchiga to‘lab berilganligi ma’lum qilingan.

Iste’molchi huquqlari – qonun himoyasida!

O‘zA
2 366