O‘zA O`zbek

11.09.2018 20:03 Chop etish versiyasi

Avtoraqamlar onlayn auksionda sotildi

Avtoraqamlar onlayn auksionda sotildi Joriy yilning 5 sentyabrdan 8 sentyabrgacha boʻlgan davr mobaynida 521,9 milliard soʻmlik bitimlar tuzildi, deya xabar bermoqda “OʻzRTXB” AJ matbuot xizmati.

Oʻtgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 638 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,0 milliard soʻmdan oshdi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning qariyb 21 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 55 foizi ikkinchi va 24 foizi uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishli.

Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avto havaskorlari egalladi. Bu raqam shaydolarining tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 19 foizga teng. Keyingi oʻrinda Fargʻona viloyatining avto havaskorlari 12 foiz ulush bilan joylashdi. Uchinchi oʻrin Namangan viloyati avto havaskorlariga tegishli boʻlib, ulushi 10 foizni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 59 foizga teng.

OʻzA
1 391