O‘zA O`zbek

30.08.2018 18:05 Chop etish versiyasi

Avtomobillar “tonirovka” sidan 5 kun ichida davlat byudjetiga 1 milliarddan ortiq pul tushgan

Avtomobillar “tonirovka” sidan 5 kun ichida davlat byudjetiga 1 milliarddan ortiq pul tushgan

Mashina oynalarini qoraytirish pullik boʻlganini eshitganlar uning qimmatligidan noligan edilar. Bugungi kunda oramizda mashina oynalari uchun 16 milliondan ortiq soʻmni ayamaydiganlar topilmoqda.

Toshkent shahar IIBB, YHX maʼlumotlariga koʻra joriy yilning 23-28-avgust kunlari 77 nafar kishi mashina oynalarini tonirovka qildirgan boʻlib, ularning 30 nafari yuridik shaxslardir. Ushbu toʻlovlar davlat byudjetiga jami 1443069000 soʻm tushgan.

Eslatib oʻtamiz , avtomobil oynalarini qoraytirish uchun qoʻyilgan narxlar quyidagicha belgilangan:

jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 90 baravari (16 587 000 soʻm)

yuridik shaxslarga eng kam ish haqining 120 baravari (22 116 000 soʻm)

xorijiy davlatlar yuridik shaxslariga eng kam ish haqining 140 baravari (25 802 000 soʻm).

Oʻzbekistonga vaqtincha kirishi va tranzit harakatlanishi uchun 15 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi.

O'zA
1 449