Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.07.2018 10:58 Chop etish versiyasi

Avtohalokatda yetti kishi halok bo‘ldi

Avtohalokatda yetti kishi halok bo‘ldi
Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Dashtig‘oz mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-105 avtomobil yo‘lining 50 kilometrida tongi soat to‘rt yarimlarda fojeali yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

“Toshkent-Sho‘rchi” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli davlat belgisi 75 R 044 FA avtomashinasi yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketib, Sho‘rchi tumanidan kelayotgan “Neksiya” rusumli davlat belgisi 75 U 714 NA bo‘lgan avtomashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Natijada “Neksiya” rusumli davlat belgisi 75 U 714 NA avtomashinasida bo‘lgan uch yo‘lovchi halok bo‘ldi, tan jarohati olgan haydovchi bilan yana bir yo‘lovchisi kasalxonaga tushdi. “Neksiya” rusumli davlat belgisi 75 R 044 FA avtomashinasining to‘rt yo‘lovchisi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etdi. Haydovchisi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatidan olingan xabarga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
3 489