O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Avstriyaning yirik kompaniyasi bilan investitsion kelishuvga erishildi

Avstriyaning yirik kompaniyasi bilan investitsion kelishuvga erishildi

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Avstriyaning “SC Global Trade GmbH” kompaniyasi direktori Yuriy Chekalin tomonidan imzolangan hujjatga muvofiq Avstriya kompaniyasi Namanganda zamonaviy gemodializ markazi tashkil etadi.


7.jpg
Namangan shahridagi endokrinologiya shifoxonasi bazasida barpo etilishi ko‘zda tutilgan Gemodializ markazi 2021 yilda ishga tushishi rejalashtirildi. U yerda gemodializ usulida davolash, diagnostika va laboratoriya xizmatlari ko‘rsatiladi. Yangi gemodializ markazida 25 ta ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan, deb xabar berdi viloyat hokimligining axborot xizmati.

313
Akromjon SATTOROV, Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA