O‘zA O`zbek

16.03.2020 Chop etish versiyasi

Atomshunos olimlar koronavirus bilan kurashishda qanday taklif bermoqda?

Atomshunos olimlar koronavirus bilan kurashishda qanday taklif bermoqda?

Atomshunos olimlar yadro texnologiyalari asosida koronavirusni tashxislash uchun oʻziga xos uslubni taklif etmoqda, deb xabar berdi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Atom energiyasi xalqaro agentligi (MAGATE) COVID-19 koronavirusini aniqlash uchun yadro texnologiyalari asosidagi zarur tashxislash jamlanmalari va uskunalarini taqdim etish hamda ushbu vazifa uchun mutaxassislarni oʻqitishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida eʼlon qilingan matbuot relizida aytilgan. Ayni paytga qadar 14 ta davlat mazkur izlanish yuzasidan maslahat soʻrab murojaat qilishga ulgurdi.

Ushbu texnologiya inson va jonivorlarda atigi bir necha soat davomida koronavirus mavjudligini aniqlashga imkon yaratadi.

8 648
OʻzA