Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.05.2018 20:14 Chop etish versiyasi

Asl o‘g‘lonlar jasorati aslo unutilmaydi

Mustaqilligimizni asrash va yurtimiz tinchligini ta’minlashda bukilmas iroda va jasorat namunasini ko‘rsatgan, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jon fido qilgan mard o‘g‘lonlarini xalqimiz hech qachon unutmaydi. 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Mardlik, burch va sadoqat” rukni ostida ana shunday mard va jasur o‘g‘lonlar haqidagi maqolalar jamlangan.

JASORATGA YO‘G‘RILGAN UMR

Эрик ГАЯЗОВ.jpgErik Gayazov 1972-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Poytaxtimizdagi 188-umumta’limmaktabini bitirib, Toshkent radiotexnika bilim yurtiga o‘qishga kirdi. 1991-yilda chegara qo‘shinlariga muddatli harbiy xizmatga chaqirildi. 1993-yilda Davlat xavfsizlik xizmatining maxsus operatsiyalar otryadiga qabul qilindi.

1999-yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib, mustaqil yurtimizda hukm surayotgan tinch-osoyishta hayotni izdan chiqarish maqsadida qator terrorchilik harakatlarini amalga oshirishni rejalashtirgan terroristik guruhlarni yo‘q qilish bo‘yicha maxsusoperatsiyada Erik Gayazov ham faol ishtirok etdi. Erik Gayazov o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida safdoshlari va tinch aholini himoya qilish yo‘lida mardlarcha halok bo‘ldi.

Ko‘rsatgan qahramonligi, jasorati va mustaqil Vatanimizning oliy maqsadlariga sadoqati uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 1-apreldagifarmoniga muvofiq, Erik Gayazov vafotidan so‘ng II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilantaqdirlandi.

1999-yil 30-mart kuni Toshkentda fevral voqealarini sodir etgan jinoyatchilar 30 nafarga yaqin kishini garovga olib, avtobusda Qizilqum cho‘liga qarab qochadi. Harbiy xizmatchilar vertolyot orqali hududni tekshirib, pistirma joyini belgilaydi. Hujumga o‘tish uchun bir necha soat vaqt qolayotgan edi.

Kech tushishi bilan operatsiya boshlanadi. Maxsus xizmatchilar avtobusga chiqib, jinoyatchilar tashlagan granatani ko‘radilar. Ular o‘ylab ham o‘tirmay, yo‘lovchilarni portlashdan himoya qiladi. O‘z jonini qurbon qilish evaziga garovga olingan shaxslar hayotini qutqarib qoladi. Portlash katta leytenant Erik Gayazovni avtobus salonidan tashqariga uloqtirib yuboradi. Minglab mayda shisha bo‘laklari uning tanasiga sanchiladi. Otishma boshlanib, jinoyatchilar zararsizlantiriladi. Garovga olinganlarning hech biri shikastlanmaydi.

Shifokorlar og‘ir yaralangan Gayazovning hayotini saqlab qolishga harchand urinishmasin, buning iloji bo‘lmaydi. Erik halok bo‘lgani to‘g‘risidagi xabar uning oila a’zolariga 31 mart kuni yetkaziladi.

Erikning onasi Valentina Ivanovnaning so‘zlariga ko‘ra, u bolaligidayoqkelajakda qaysi kasbni tanlashini aniq belgilab olgan.

– Kimdir kosmonavt, yana kimdir uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi, o‘g‘lim esa g‘allakor yoki harbiy bo‘laman, derdi, –deb eslaydi Valentina Ivanovna. – Erik xalqni to‘ydirish va himoya qilish eng muhim kasblar hisoblanadi, degan fikrda edi. Maktabda u yengil atletika, qo‘l janggi bilan shug‘ullangan. Armiya xizmatiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdi. O‘qishga kirish uchun Toshkent radiotexnika bilim yurtini tanladi. Armiya xizmatidan so‘ng uylanishni niyat qildi. Hali erta deb, uni fikridan qaytarmoqchi ham bo‘ldim. O‘shanda otasini misol qilib ko‘rsatib, u 25 yoshida menga uylanganini aytganman. Shunda Erik 25 yoshda kech bo‘lishini aytgan edi. Yillar o‘tibgina, uning go‘yo bu voqealarni oldindan sezgandek, yashab qolishga harakat qilgani, shoshganini anglab yetdim. O‘g‘lim 26 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

– 1999-yil 30-mart kuni ertalab turmush o‘rtog‘im odatdagidek ishga otlanayotgan edi. Undan ketmasligini so‘radim. Shunda u: “Kechir, hatto sen uchun ham bu ishni qilolmayman”, deb javob qaytardi. Qizim ikkimizni o‘pib xayrlashib, uydan chiqib ketdi, – deb eslaydi Erikning turmush o‘rtog‘i Tatyana.

– Men dadam qahramon bo‘lganini hamisha bilganman, – deydi Erikning qizi Yekaterina. – Buvim va oyim u haqda ko‘p gapirib beradilar, dadamning oilamizda muqaddas yodgorlik singari saqlanadigan fotosuratlarini ko‘rsatgan. Bo‘lib o‘tgan fojiadan so‘ng dadamning xizmatdoshlari bizga yordam berishdi, hozirgacha qo‘llab-quvvatlashadi. Men dadamga juda o‘xshayman, ko‘cha-ko‘yda notanish odamlarning “Sen Erikning qizimasmisan?”, degan odatiy savollariga ham ko‘nikib qoldim. Hamisha dadam haqida yaxshi fikrlar aytishadi. Dadam bilan faxrlanaman. Nasib qilsa, o‘g‘il ko‘rsam, u ham albatta harbiy bo‘ladi.

– Xavf-xatar va jasorat – kundalik ishimizning bir qismidir, – deydipodpolkovnikJahongir Shomurodov. – Harbiy burch, or-nomus va mardlik so‘zlari Erik uchun oddiy so‘zlar emas edi. U o‘z kasbiga fidoyi inson edi. Oilasini sevardi. Erik otasi vafotidan so‘ng, ukalarini oyoqqa turg‘azish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Ukalaridan biri Dmitriyakasining yo‘lini tanladi.

– Erikbizdan bir necha yosh katta edi, – deydi qo‘shnisi RahmatjonMirzayev. – Uni hamisha ochiq yuz va xush kayfiyatda ko‘rardim. Hovlida Erikni bolalar ko‘rib qolgudek bo‘lsa, doimo uni o‘rab olishardi. U biz uchun namuna edi. Erik har qanday ob-havoda ham sport bilan shug‘ullanar, yugurishga chiqardi. Bir kuni bir ayolning qo‘lidan sumkasini olib qochishdi. Erik jinoyatchiga yetib oldi, u esa Erikka pichoq o‘qtala boshladi. Bu vaziyatda ham u o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, o‘g‘rini zararsizlantirdi. Erikning maxsus xizmatda ishlashini hech kim bilmagan. U hamisha sirkda it o‘rgatuvchiman, deb hazillashardi. Yangiliklar orqali bo‘lgan voqealar to‘g‘risida xabar topdik.

Chegara qo‘shinlarida muddatli harbiy xizmatdan so‘ng, Erikning hayotini Vatan himoyasiga bag‘ishlash orzusi yanada qat’iylashdi. Davlat xavfsizligi maxsus operatsiyalar otryadida puxta tayyorgarlikka ega, texnik jihozlangan jangchilarning eng yaxshilari saralab olindi. Mashg‘ulotlar eng og‘ir sharoitlarda – yer, havo, tog‘ va suv ostida olib borilardi.

– Erik bilan otryadga kelganimda tanishganman, – deydi polkovnik Vadim Zaxarov. – Quvnoq, hamma bilan tez til topishib keta oladigan xushchaqchaq yigit edi. Qo‘l janggi bo‘yicha saboq berganman, mendan kuchli edi. 1999 yil poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan fevral voqealaridan so‘ng Gayazovxizmat qilgan bo‘linma doimo jangovar holatda turardi. 30 mart kuni trevoga ko‘tarildi va guruh bir necha daqiqada shay holatga keldi. Terroristlar garovga olgan avtobus aniqlangan Xorazm viloyatiga uchish zarur edi.

...Jangchilar o‘t ochdi. Qorong‘ulik. Hech kimjinoyatchilarda shuncha qurol bo‘lishi mumkinligini kutmagan edi. Garovga olinganlar baqirar, har bir soniya g‘animat edi. Davidov, Nichepurenko va Gayazov birinchilardan bo‘lib voqea o‘chog‘iga kirib borishga qaror qildi. Ular avtobusga chiqib, hujumga javob qaytara boshladi. Ikki nafar jangchimiz voqea joyida halok bo‘ldi. Erik tirik edi, faqat ko‘p qon yo‘qotgandi...

Maktab, Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi ko‘chalardan biriga Erikning nomi berilgan. Avtobus hujumi va garovdagilarni ozod qilish voqeasi sodir bo‘lgan joyda uch nafar ofitser sharafiga haykal o‘rnatilgan. Ularning poyiga hamisha gullar qo‘yiladi. Qahramonlarning nomi mustaqil yurtimiz tarixida mangu qoladi.

O‘zA
4 894