O‘zA O`zbek

13.07.2020 Chop etish versiyasi

Askarlar vatanga sodiqlik qasamyodini qabul qildi

Askarlar vatanga sodiqlik qasamyodini qabul qildi

Namangan viloyati Pop tumanidagi harbiy qismda gornizon boʻyicha joriy mavsumda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning harbiy qasamyod qabul qilishiga bagʻishlangan tantanali marosim oʻtkazildi.

Milliy armiya saflariga qoʻshilib, harbiy xizmatga kirishgan askarlarning zimmasiga Vatan, xalq va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oldidagi masʼuliyat, yurtimizning tinchligi, xalqimizning osoyishta hayotni taʼminlashdek yuksak javobgarlik yuklandi.

Harbiy qasamyod qabul qilgan yosh askarlarga Prezident sovgʻalari topshirildi.

Harbiy qism orkestrining vatanparvarlik ruhidagi kuy va qoʻshiqlari, jangovar boʻlinmalarning koʻrgazmali chiqishlari tadbirga bayramona kayfiyat baxsh etdi.

photo_2020-07-13_21-10-51.jpg

photo_2020-07-13_21-10-43.jpg

photo_2020-07-13_21-10-33.jpg

photo_2020-07-13_21-10-38.jpg

photo_2020-07-13_21-10-17.jpg


3 708
Hotam MAMADALIYEV (surat), OʻzA