Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.02.2017 16:23 Chop etish versiyasi

Askarlar tantanali kutib olindi

Nukus temir yo‘l vokzalida mamlakatimizning turli viloyatlaridan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug harbiy qismlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun kelgan yigitlar tantanali kutib olindi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar, jamoatchilik vakillari milliy armiyamizning mudofaa qudrati, salohiyati haqida fikr yuritib, uning saflarida xizmat qilish har bir yigit uchun sharafli burchga aylanganini ta’kidladi.

Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qurolli Kuchlar safiga chaqirilgan, sharafli vazifani bajarishga chog‘langan yigitlar Vatan oldidagi muqaddas burchini ado etishga shay ekanligini bildirdi.

– Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, milliy armiyamiz safida o‘z yigitlik burchimni o‘tashga kirishayotganimdan xursandman, – deydi Buxoro viloyatidan Murod Choriyev. – Mamlakatimizda biz, yoshlarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikka Vatanimizga sadoqatli xizmatimiz bilan javob beramiz.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
492






Все о погоде - Pogoda.uz