Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.01.2018 19:24 Chop etish versiyasi

Askarlar mardligi – armiyamiz qudrati

Har qanday armiyaning kuch-qudrati nafaqat uning qurol-aslaha va zamonaviy harbiy texnikaga egaligi, balki o‘z hayotini Vatani himoyasiga bag‘ishlagan mard va fidoyi askarlari bilan belgilanadi. Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi institutida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida shu haqda so‘z yuritildi.

Tadbirda mamlakatimiz mudofaa qudratini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqimiz tinchligi, jamiyatimiz taraqqiyotini ta’minlashga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Bu borada askar va ofitserlarning jangovar, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jamiyatda insonlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi farovonligini yanada yuksaltirish, yurtimizda tinchlikni mustahkamlashda boshqa kasb egalari singari yong‘in xavfsizligi xodimlarining ham o‘rni beqiyos.

O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi instituti ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasasidir. Bu yerda yoshlarni har tomonlama barkamol, bilimli, malakali, yurti uchun mustahkam tayanch bo‘la oladigan yetuk mutaxassis etib tarbiyalash, kursantlarda yuksak vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Tadbir Ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansamblining konsert dasturi bilan yakunlandi.

Roman Bondarchuk, O‘zA
4 778