Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.01.2018 11:10 Chop etish versiyasi

Askar onalari: Osoyishtaligimiz barqarorligiga, Vatan himoyasi ishonchli qo‘llarda ekaniga shukronalar keltiramiz

Jizzaxda Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi, Jizzax viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab «Askar onalarini sharaflaymiz!» deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Matluba Xo‘jamqulova Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanidan taklif etilgan. Uning o‘g‘li Azizbek Abdurasulov Jizzax viloyatidagi harbiy qismlardan birida xizmat burchini a’lo darajada o‘tamoqda.

– O‘g‘lim bilan faxrlanaman, – deydi Matluba opa. – Buning boisi Vatanimiz tinchligini himoya qilayotgan mard askarlarimiz safida mening o‘g‘lim ham borligidadir. Bugungi uchrashuvda farzandlari a’lo darajada xizmat qilayotgan onalarning baxtini ko‘rib, yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik barqarorligiga, Vatanimiz taqdiri ishonchli qo‘llarda ekaniga shukronalar keltirdim.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
1 440