O‘zA O`zbek

01.11.2019 Chop etish versiyasi

Asil Rashidov xonadoniga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni belgisi o‘rnatildi

Asil Rashidov xonadoniga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni belgisi o‘rnatildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 14 iyuldagi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining bir guruh a’zolari I, II darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.

Ular orasida taniqli adabiyotshunos olim, professor Asil Rashidovning ham nomi bor.

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan ustoz murabbiy va hassos tarjimon Asil Rashidov yashayotgan xonadon eshigiga “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni belgisi o‘rnatildi.

Shu munosabat bilan ijodkor xonadoniga yozuvchi-shoirlar, shogirdlari, yaqin qarindoshlari jam bo‘ldi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S.Sayyid va boshqa ijodkorlar Prezidentimiz tomonidan adabiyotga, yozuvchi-shoirlarga ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor haqida gapirdi.

– Mehnatimiz qadr topayotganidan, bizga ko‘rsatilayotgan alohida mehr va e’tibordan juda mamnun yashayapmiz, – dedi “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi A.Rashidov. – Bu yuksak e’tirof qalbimizni yoshartirib yuborayotgandek, yangi ijod ruhi bilan yashayapmiz. Vatanimizdagi yangi islohotlarning jo‘shqin kayfiyatini xalqimizga yetkazish uchun imkonimiz qadar mehnat qilish yo‘lidamiz.

“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni berilgan Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining uylariga mazkur belgilar navbatma navbat o‘rnatib boriladi.

1 485
Ozoda BEKMURODOVA, Ahmad TO‘RAEV (surat), O‘zA