O‘zA O`zbek

20.08.2018 16:37 Chop etish versiyasi

Asarlarda hayot tilsimi

Asarlarda hayot tilsimi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida mustaqilligimizning 27 yilligiga bag‘ishlab, rangtasvirchi rassom Farhod Sulaymonovning “Tilsim” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada rassomning turli janrlardagi 50 ga yaqin ijodiy ishlari namoyish etilmoqda.

15.JPG

F.Sulaymonov 1945 yil Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida tahsil olgan. Shundan so‘ng A.N.Ostrovskiy nomidagi teatr va rassomlik institutiga o‘qishga kirdi. 1976 yilda institutni tugatgach, Sochi shahrida ustozi Chingiz Axmarov va taniqli rassom monumentalistlar bilan birgalikda “O‘zbekiston” mehmonxonasini bezash ishlarida ishtirok etdi.

16.JPG

Rassom ijodini kuzatarkansiz, ularda natyurmort va manzara janridagi ishlar ajralib turadi. Uning “Osmonga boquvchi toshlar”, “Kristallanish” triptixi, “Xabarchi qushlar”, “Kelajakdagi abadiyat” hamda “Ibtido” kabi asarlari go‘yoki, butun olam tilsimini o‘zida jamlagandek.

Ko‘rgazma joriy yilning 31 avgustiga qadar davom etadi.

Gulnoza Boboyeva, Temur Mamadaminov (surat) O‘zA
1 794