O‘zA O`zbek

03.06.2020 Chop etish versiyasi

Asakada Hajga joʻnatish uchun odamlardan 31 500 AQSH dollari olgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Asakada Hajga joʻnatish uchun odamlardan 31 500 AQSH dollari olgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Haj safari va chet davlatga ishga joʻnatish evaziga fuqarolarning 31 500 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan firibgarlik fosh etildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda.

Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Asaka tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.A. va boshqalar oldindan til biriktirib, bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib ularni haj safariga va xorijiy davlatlarga ishga yuborish evaziga 31 500 AQSH dollari va 2,5 mln. soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan B.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

1 409
OʻzA