O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

“Asaka” bank koʻmagida 16 gektarli zamonaviy issiqxona quriladi

“Asaka” bank koʻmagida 16 gektarli zamonaviy issiqxona quriladi

Sirdaryo viloyatida aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, hayot sifatini oshirishga xizmat qiluvchi keng koʻlamli bunyodkorlik, qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Mazkur jarayonda “Asaka” bank ham faol ishtirok etmoqda.

Bank tomonidan viloyatning Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin tumanlarida 18 loyiha hayotga tatbiq etilayotgan boʻlib, ularning ishga tushishi hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Mana shunday loyihalardan biri Mirzaobod tumanidagi limonchilik klasteridir. Maʼlumki, joriy yilning fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Limonchilik tarmogʻini yana-da rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilingan edi. 

Qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ilgʻor va zamonaviy resurs tejovchi texnologiyalarni qoʻllash asosida yuqori sifatli sanoatbop va eksportbop limon yetishtirish hajmini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan loyiha hududda 300 kishining doimiy ish oʻrniga ega boʻlishiga xizmat qiladi.

photo_2020-07-08_16-04-11.jpg

Loyihaning umumiy qiymati 5,5 million AQSH dollaridan ziyod boʻlib, bank krediti 4 million AQSH dollarini tashkil etmoqda. “Asaka” bankdan olingan kredit evaziga issiqxona haroratini meʼyorlashtirib turuvchi, suv purkovchi zamonaviy uskunalar olib kelib, oʻrnatiladi. 

Loyihaning oʻziga xosligi shundaki, ekilgan limon koʻchatlari hosilga kirgunga qadar, issiqxonaga bir vaqtning oʻzida qulupnay ham ekilib, hosil olib turiladi. Bundan tashqari, manfaatdorlikni oshirish maqsadida 16 gektar yer maydoni 64 xoʻjalik subyektiga boʻlib beriladi.

Loyiha tashabbuskorlarining aytishicha, limonchilik klasteri toʻliq quvvat bilan ishga tushgach, yiliga har bir gektar yerdan 40-45 tonna qulupnay, 55-60 tonna limon olish mumkin.

“Asaka” bank – moliyaviy bozorda sizning ishonchli hamkoringiz!

Reklama huquqi asosida.

1 547
O'zA