Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.06.2018 20:27 Chop etish versiyasi

Arxivning yangi binosi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida ikki yil avval tuman davlat arxivi idorasiga ajratilgan qarovsiz yotgan bino qisqa fursat ichida zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi.

Amudaryo tumani davlat arxivi ish boshlagan yangi binoda barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

– Tuman davlat arxivi uchun ajratilgan bino 466 million so‘m byudjet mablag‘i hamda 104 million so‘m muassasaning o‘z mablag‘i hisobidan ta’mirlanib, rekonstruksiya qilindi, – deydi O‘zbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori U.A’lamov. – Binoda arxiv fondini saqlash va fuqarolarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar mavjud. Eng muhimi, bu bino o‘zining zamonaviy ko‘rinishi bilan Mang‘it shahri ko‘rkiga ko‘rk bo‘lib qo‘shildi.

Bino foydalanishga topshirilishi marosimida Qoraqalpog‘iston Pespublikasi Vazirlar Kengashi Paisi Q.Sariyev so‘zga chiqdi.

Yesimxon Qanoatov, O‘zA
1 579