O‘zA O`zbek

02.07.2020 Chop etish versiyasi

Aroq ichgan oʻgʻil otasi va buvisini pichoqladi

Aroq ichgan oʻgʻil otasi va buvisini pichoqladi

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi Oqtosh mahalla fuqarolar yigʻini Qaldirgʻoch koʻchasida yashovchi S.Q joriy yil 30-iyundan 1-iyulga oʻtar kechasi juda koʻp spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda uyiga keladi.

Uning bu holatini koʻrgan otasi K.A tergay boshlaydi va natijada ota-oʻgʻil oʻzaro tortishib, janjallashib qolishadi. Ularning uyiga mehmonga kelgan buvisi yaʼni otasi K.Aning onasi A.K mojaroni bostirmoqchi boʻladi. Jazavaga tushgan oʻgʻil yashash uyidagi yordamchi xoʻjalik xonasidan oshxona pichogʻini olib chiqib uy oldidagi yoʻlakda turgan buvisi A.Kni oʻng oyoq boldir sohasi, chap koʻkrak qafasi old pastki qismi va chap koʻkrak sohasiga pichoq uradi va hayot uchun ogʻir boʻlgan tan jarohati yetkazadi. Uni tinchlantirish uchun yaqinlashgan otasi K.Aning ham chap qorin sohasiga bir marta pichoq sanchib ogʻir tan jarohati yetkazadi.

Oqibatda buvisi A.K koʻp qon yoʻqotishi natijasida voqea joyida vafot etadi. Otasining hayoti shifokorlar tomonidan saqlab qolindi.

Buvisi qotiliga aylangan va otasini oʻldirishiga bir bahya qolgan padarkush oʻgʻil shu qadar koʻp spirtli ichimlik qabul qilganki, hatto oʻzi nima ish qilib qoʻyganini anglamaydi. Panjara ortida hushiga kelgan jinoyatchiga nimalar qilganini aytishganida hayratdan dong qotib qoldi. Soʻnggi pushaymon oʻzingga dushman.

1 780
Oʻ.BAROTOV, OʻzA