Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.01.2017 20:13 Chop etish versiyasi

Armiya – tinchlik va farovonlik kafolati

Armiya – tinchlik va farovonlik kafolati O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyida Mudofaa vazirligi va O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bilan hamkorlikda "Milliy armiya – Vatanimiz va tinchligimizning mustahkam qalqoni" mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, harbiy xizmatchilar va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar, poytaxtimizdagi oliy harbiy o‘quv yurtlari kursantlari, Qurolli Kuchlar faxriylari, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati K.Karomova va boshqalar Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimizni barqaror va izchil rivojlantirishning kafolati ekanini ta’kidladi. Mustaqillik yillarida mudofaa sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Zamon talablariga javob beradigan, yaxshi qurollangan va texnik jihozlangan, yuksak jangovar tayyorgarlikka ega milliy armiyamiz tashkil etildi. Bugungi kunda harbiy xizmat nafaqat konstitutsiyaviy, balki sharafli burchga, milliy armiyamiz esa vatanparvarlik va mardlik maktabiga aylandi.

Tadbir doirasida davlatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, yuksak mahorati, harbiy va vatanparvarlik burchiga sodiqligini namoyon qilgan harbiy xizmatchilarga "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25-yil" esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi. Ular orasida aloqa guruhi komandiri serjant Oybek Nurmatov ham bor.

– Bolalikda akam ikkalamiz askarlarga havas qilib, harbiy bo‘lishni orzu qilardik, – deydi Oybek. – Radiotexnika va radioaloqa asoslarini puxta o‘rganganimiz bizga aloqachi kasbini egallash va harbiy bo‘lishimizga yordam berdi. Ushbu esdalik nishoni bilan taqdirlanganimdan xursandman. Bundan buyon ham Vatanimizga sidqidildan xizmat qilish va o‘z mahoratimni oshirishga harakat qilaman.

Tadbirda bir guruh harbiy xizmatchilarga faxriy yorliq va sovg‘alar topshirildi.

Roman Bondarchuk, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
715






Все о погоде - Pogoda.uz