O‘zA O`zbek

12.09.2018 12:43 Chop etish versiyasi

AQSH byudjet defitsiti 1 trillion dollarga yaqinlashmoqda

AQSH byudjet defitsiti 1 trillion dollarga yaqinlashmoqda

Joriy yil yakuniga kelib, Qoʻshma Shtatlar byudjet defitsiti 1 trillion dollarga yetadi.

Bu haqda AQSH Kongressining Byudjet boshqarmasi hisobotida aytildi, deb xabar beradi “Anadoʻli” agentligi.

2018-moliyaviy yilining (2017-yilning 1-oktyabridan 2018-yilning 30-sentyabrigacha boʻlgan muddat) boshidan buyon federal byudjet chiqimlari 221 milliard dollarga oʻsgan. Natijani oʻtgan moliyaviy yilning shu davri bilan solishtirganda xarajatlar miqdori 33 foizga oshganini bilish mumkin. 

Xabarda eslatilishicha, byudjetdagi defitsit tufayli AQSH federal hukumatining qarzdorligi 21,3 trillion dollarga yetmoqda.

Malohat Husanova, OʻzA
1 145