O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Aprel oyi pensiya va nafaqa pullari fuqarolarning uylariga yetkaziladi

Aprel oyi pensiya va nafaqa pullari fuqarolarning uylariga yetkaziladi

Bugungi kunda Samarqand viloyatida 320 mingdan koʻproq fuqaroga pensiya va nafaqa pul oladi. Shu paytgacha bu pullar Xalq banki sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilardi. Shuningdek joriy yilning mart oyida 57 ming 461 nafar fuqaro pensiya pulini bank plastik karta orqali olgan.

– Respublikamizga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan boshqa fuqarolar bilan muloqotlarni kamaytirish hamda uyda qolish tavsiya etilmoqda, — deydi byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Samarqand viloyat boshqarmasi boʻlim boshligʻi Abdurashid Rahimov. — Pensiya va nafaqa oluvchilarning asosiy qismini keksa yoshdagi fuqarolar tashkil etishi hamda amaldagi tartib boʻyicha toʻlovlar mahalla binolarida fuqarolarni toʻplagan holda amalga oshirilishini inobatga olib, Xalq banki boshqaruviga takliflar kiritildi. Unga koʻra, aprel oyi pensiya pullari fuqarolarning yashash manziliga yetkazib beriladi. Pensiya va nafaqa toʻlovi uchun ajratilayotgan mablagʻlar dezinfeksiya qilingan holda fuqarolarga yetkazish tizimi joriy etiladi.

Viloyatda mart oyida 80 mingdan ortiq fuqaroga pensiya pullari uylariga yetkazib berilgan. Aprel oyi pensiya va nafaqa pullari fuqarolarning uylariga yetkazilganda, bank plastik kartalarni ochish hamda kelgusi oydan naqd pulsiz shaklda pensiya olish istagini bildirgan fuqarolarning arizalarini bevosita shu yerda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish ham rejalashtirilgan.

1 118
Gʻ.HASANOV, OʻzA