O‘zA O`zbek

16.07.2020 Chop etish versiyasi

Angrenda qoʻshma korxonalar soni yana bittaga koʻpayadi

Angrenda qoʻshma korxonalar soni yana bittaga koʻpayadi

Toshkent viloyati Angren shahar Davlat xizmatlari markazida hindistonlik va oʻzbekistonlik ishbilarmonlar taʼsischiligida “STROY ARCHSTONE” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxona davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Qoʻshma korxonada pishgan gʻisht, tombop cherepitsa, drenaj quvurlari, qoplama plitalar kabi 10 ga yaqin turli qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Buning uchun 400 million dollar miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya kiritilishi moʻljallanmoqda. Natijada 100 ga yaqin ish oʻrni yaratiladi.

– Mamlakatingizning iqtisodiy imkoniyatlari, “Angren” erkin iqtisodiy hududidagi sharoitlar, chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar uchun imtiyoz va preferensiyalar haqida maʼlumotga ega boʻlgach, hamkorlarimiz bilan qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasini shu yerda ishga tushirish niyati tugʻildi, – deydi hindistonlik investor Renu Gaurav. 

– Hozir ushbu maqsadimizni amalga oshirishning aniq rejalarini tuzyapmiz. Kelgusida ishlab chiqarish quvvatini oshirish, mahsulot turlarini koʻpaytirish va yangi ish oʻrinlarini yaratish imkoniyatimiz ham boʻlishi prognoz qilinmoqda.

1 100
A.Musayev, OʻzA