O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Andijonda qayd etilgan ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha

Andijonda qayd etilgan ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha

Joriy yil 8 oktabr kuni soat 20:30 dan Andijon tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 4 nafar fuqaro ko‘ngil aynishi, qayd qilish, bosh og‘rishi, umumiy holsizlanish, ich ketishi, oshqozon sohasida og‘riq, tana haroratining ko‘tarilishi kabi shikoyatlar bilan murojaat qilgan. Shuningdek, soat 24:00ga qadar faol aniqlash yo‘li bilan yana 23 nafari “ovqat toksikoinfeksiyasi” birlamchi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Bulardan 24 nafari tumanning 35-maktab o‘quvchilari, 1 nafari sinf rahbari, 1 nafari – maktab o‘quvchisining onasi bo‘lib, tug‘ilgan kun munosabati bilan tort pishirig‘i tayyorlab olib borgan fuqaro, 1 nafar shu sinf o‘quvchisining singlisi.

Holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish uchun voqea joyiga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi, viloyat sanitariya – epidemiologiya osoyishtaligi markazi, viloyat Davlat sanitariya – epidemiologiya nazorati inspeksiyasi mutaxassislari jalb qilindi. 
Barcha bemorlardan olingan ajratmalar viloyat SEOM laboratorpiyasiga olingan. 
Hozirda shifoxonada 12 nafar bemor davolanishda, 15 nafarining ahvoli yaxshilanganligi uchun uyiga ruxsat berilgan.

Bemorlarning ahvoli, laboratoriya tahlil natijalari, yakuniy tashxis hamda o‘tkazilgan profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi 
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik 
agentligi matbuot xizmati

1 324
O‘zA