O‘zA O`zbek

11.08.2020 Chop etish versiyasi

Andijonda nikoh va ajrimlar kamaydi

Andijonda nikoh va ajrimlar kamaydi

Andijonda joriy yilning birinchi yarmida 6 ming 715 ta nikoh qayd etildi.

Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, shahar va tuman fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish boʻlimlari tomonidan 6 ming 715 ta nikoh qayd etilgan boʻlib, nikohlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 2 ming 362 taga kamaygan.

Eng koʻp nikoh Andijon shahri (901 ta), Asaka (687 ta) va Izboskan (589 ta) tumanlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Shuningdek, ana shu davr mobaynida viloyatda 1 ming 498 ta nikohdan ajralganlik qayd etilgan. Ajrimlar ham oʻtgan yilga nisbatan 323 taga kamaygan. Eng koʻp ajrim Andijon shahri (232 ta), Asaka (167 ta) va Andijon (145 ta) tumanlari hissasiga toʻgʻri keldi.

1 847
F.UBAYDULLAYEV, OʻzA