Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 12:42 Chop etish versiyasi

Andijonda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi

Andijonda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yigitlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi Andijon viloyati hokimligi, Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bo‘lajak askarlarning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda milliy armiyamizni yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Maydonda harbiy libosda saf tortgan bo‘lajak askarlar yuz-ko‘zidagi g‘ayrat-shijoat, o‘ziga ishonch va qat’iyat, jismoniy va ma’naviy barkamollik kuzatuvchilar, ayniqsa, ota-onalar qalbida g‘urur-iftixor tuyg‘ularini yanada yuksaltirdi. Muddatli harbiy xizmatga otlanayotgan yigitlarning aksariyati “Vatanparvar” tashkilotining sport-texnika klublarida tahsil olib, turli harbiy mutaxassisliklar, ma’lum jangovar ko‘nikmalarni egallagan. 

2 (2).JPG

– Farg‘ona shahridagi harbiy litseyni tamomlaganman, – deydi muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan Qo‘rg‘ontepa tumanilik Sherzodbek Alimov. – Litseyda tahsil olish bilan birga, mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining haydovchilar tayyorlash kursini tamomladim. Harbiy xizmatga har jihatdan tayyor bo‘ldim. Maqsadim – yigitlik burchimni a’lo darajada ado etib, yurtimga munosib farzand bo‘lish, ota-onam, ustozlarim ishonchini oqlash.

Badiiy jamoalar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga xush kayfiyat bag‘ishladi. Bo‘lajak askarlarga sovg‘alar ulashildi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
3 158