O‘zA O`zbek

01.06.2018 12:27 Chop etish versiyasi

Andijonda “Avtotest va bolalar” ijtimoiy aksiyasi o‘tkazildi

Andijon shahridagi 53-maktabgacha ta’lim muassasasida “Biz yo‘l harakati qoidalarini o‘rganamiz” deb nomlangan o‘yinli mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Avtotest” kompaniyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligidagi “Avtotest va bolalar” ijtimoiy loyihasi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda mamlakatimizda yosh avlodni sog‘lom va barkamol, yuksak intellektual salohiyatli qilib voyaga yetkazish, xususan, bolalarning yo‘l harakati qoidalari borasidagi bilim va tushunchalarini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

“Avtotest” kompaniyasi mutaxassislari, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan fleshmob shaklida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda yo‘l harakati qoidalarini targ‘ib etuvchi o‘yinli mashg‘ulotlar tashkil etilib, bolalarga yo‘l harakati belgilariga amal qilish, yo‘lning qatnov qismida harakatlanish va transportda o‘zini tutish, yo‘lning qaysi qismidan, qanday kesib o‘tish, yo‘l belgilari haqida tushuncha va ma’lumotlar berildi.

Mashg‘ulotlar maxsus ishlab chiqilgan texnologik xaritalar, ko‘rgazmali vositalar va interfaol usullar asosida o‘tkazilib, bolalarga yo‘l harakati qoidalari aks etgan o‘zbek va rus tillaridagi bukletlar tarqatildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
2 760