Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

23.08.2018 15:26 Chop etish versiyasi

Andijonda 67 ta maktabda “Maktab yarmarkasi” tashkil etildi

Andijonda 67 ta maktabda “Maktab yarmarkasi” tashkil etildi

Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Andijon viloyatining shahar va tumanlarida tashkil etilgan “Maktab yarmarkalari” qizgʻin faoliyat koʻrsatmoqda. 

Viloyatdagi tuman va shaharlar markaziy bozorlari, 30 dan ziyod savdo majmualari, bir qator mahalla guzarlari hamda 67 ta umumtaʻlim maktabida “Maktab yarmarkasi” tashkil etilib, aholiga xizmat koʻrsatmoqda. 

Yarmarkalarda yigirmadan ziyod savdo tashkilotlari tomonidan sifatli oʻquv va kanselariya qurollari, oʻquvchilar liboslari, sumkalari sotuvi yoʻlga qoʻyilgan. 

– Ikki yuzga yaqin turdagi mahsulotlar, oʻquv qurollarini savdoga chiqarganmiz, – deydi “Sharq ziyokori” MCHJ Andijon filiali rahbari Ulugʻbek Isʻhoqov. – Aholiga qulaylik yaratish maqsadida plastik karta orqali ham savdo qilinmoqda. Narxlar bozordagidan nisbatan arzon, eng asosiysi, mahsulotlarimiz sifatlidir. 

10-sentabrga qadar davom etadigan mazkur yarmarkalar ota-onalarga katta kulaylik yaratmoqda. 

– Farzandlarimga oʻquv qurollari, sumkalar sotib oldik, – deydi Andijon shahridagi 7- umumtaʻlim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Gavharoy Gʻulomjonova. – Ularni oʻzimiz istiqomat qilayotgan Boʻston mahallasi guzarida tashkil etilgan “Maktab yarmarkasi” dan xarid qilish men uchun ancha qulay boʻldi, ortiqcha ovoragarchilik boʻlmadi. Narxning bozordagiga nisbatan arzon va sifatli ekanligi menga manzur boʻldi.

Faxriddin Ubaydullayev, OʻzA
1 637