Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.09.2017 18:39 Chop etish versiyasi

Andijon viloyatining Qorasuv shahrida harbiy xizmatchilar oilalari uchun qurilgan yangi uy-joy foydalanishga topshirildi

Mamlakatimizda harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan ta’minlash, zamonaviy harbiy shaharchalar qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, harbiylar va ularning oila a’zolari uchun barcha qulayliklarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qorasuv shahrida “Far Rivoj serviz” xususiy korxonasi quruvchilari tomonidan barpo etilgan 2 qavatli 20 xonadondan iborat ikki va uch xonali shinam uy-joylar o‘z egalariga topshirildi.

Yangi uylarga ko‘chib kirgan oilalardan biri serjant Ulug‘bek Yusupov va uning turmush o‘rtog‘i Hamidaxon Shamsuddinovaning quvonchi cheksiz.

– Yosh oilamiz, bir farzandimiz bor, – deydi serjant U.Yusupov. – Yangi uy oilamiz uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi. Davlatimiz tomonidan biz, harbiylarga ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshiradi.

Yangi uy hududida bolalar maydonchasi, avtomobillar qo‘yish uchun maxsus joylar barpo etilgan.

Keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda yangi uy egalariga hamda qurilish tashkilotining bir guruh ishchi-xizmatchilariga Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi va harbiy qism rahbariyatining esdalik sovg‘alari topshirildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
2 143






Все о погоде - Pogoda.uz